Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yulduzlar

«Yulduzlar jangi»ning afsonaviy produseri Ketlin Kennedi 2028-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari marosimlariga rahbarlik qiladi

Produser «Linkoln» ustidagi ishi ham kirgan «Eng yaxshi film» yoʻnalishida sakkizta «Oskar» nominatsiyasiga sazovor boʻlgan.

29-oktabr, 15:03По-русски

Read in English

Gage Skidmore from Peoria, AZ, United States of America / Wikimedia Commons

LA28 tashkiliy qoʻmitasi Ketlin Kennedini Los-Anjelesda oʻtkaziladigan Oʻyinlar marosimlari va kontentiga rahbar etib tayinladi. U Olimpiada hamda Paralimpiya oʻyinlarining ochilish va yopilish marosimlari vizual uslubi va mazmunini ishlab chiqadigan jamoaga boshchilik qiladi.

Ochilish marosimlari 2028-yil 14-iyulga rejalashtirilgan boʻlib, Los Angeles Memorial Coliseum va SoFi Stadium arenalarida oʻtkaziladi. Kennedi, shuningdek, yopilish marosimi hamda bir oy oʻtib boshlanadigan Paralimpiya oʻyinlarining ikkala marosimini ham nazorat qiladi.

Avval bu lavozimni Piter Rays egallagan, u LA28ning ijrochi produseri boʻlib qoladi. 2019-yilda Kennedi eri va produser Frenk Marshall bilan birga Irving Talberg nomidagi faxriy «Oskar»ni olgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media