«Persi Jekson va Olimpiyachilar»ning uchinchi mavsumi: barcha qismlar chiqish sanalari
Rik Riordanning kitoblari asosida suratga olingan serialning yangi qismlari 20-noyabrdan Disney+ platformasida namoyish etila boshlaydi.

«Persi Jekson va Olimpiyachilar» serialining uchinchi mavsumi Rik Riordanning «Titan laʼnati» kitobiga asoslangan voqeani hikoya qiladi. Bu safar bosh qahramon oʻgʻirlab ketilgan Annabetni izlashga otlanishi va Olimpning mavjudligiga tahdid solayotgan rejalarni barbod qilishi kerak boʻladi. Persi va uning doʻstlarining asosiy raqiblaridan biri titan Atlas boʻladi.
Davomi sakkiz qismdan iborat. Disney+ dastlabki ikki qismni bir vaqtda namoyish etadi, qolgan qismlar esa haftasiga ikki qismdan chiqadi. Mavsumning yakuniy qismi 11-dekabrda tomoshabinlar uchun ochiladi.
Premyera jadvali:
20-noyabr — mavsum premyerasi, 1–2-qismlar;
27-noyabr — 3–4-qismlar;
4-dekabr — 5–6-qismlar;
11-dekabr — yakuniy 7–8-qismlar.





