Karen Gillan Marvel bilan Nebula roliga qaytish masalasini muhokama qildi
Aktrisa Marvel bilan gaplashganini tasdiqladi, biroq ehtimoliy qaytish tafsilotlari hozircha nomaʼlum.
9-noyabr, 17:20По-русски

Кадры из к/ф «Стражи Галактики» / pluggedin.ru
Karen Gillan Marvel bilan kompaniyaning kinematografik olamidagi Nebula roliga ehtimoliy qaytishi yuzasidan muzokaralar olib bordi. Bu haqda aktrisa yaqinda bergan intervyusida aytib, suhbat tafsilotlarini oshkor qilishdan bosh tortdi.
«Men ular bilan aniq gaplashganman. Aytishim mumkin boʻlgan narsa shu», — dedi Gillan.
Qahramon oxirgi marta «Galaktika qoʻriqchilari. 3-qism» filmida paydo boʻlgan. Marvel Nebulani kelajakdagi filmlar yoki seriallarda qaytarishni rejalashtiryaptimi-yoʻqmi, hozircha nomaʼlum. Aktrisaning yangi loyihalarda ishtirok etishi ham rasman tasdiqlanmagan.





