«Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmi AQShda chiptalar oldindan sotilishidan 65 mln dollar yigʻdi
Film namoyishiga ikki oydan kam vaqt qolgani uchun oldindan sotuvlardan tushgan summa hali oshishi mumkin.
28-oktabr, 14:11По-русски

Кадры из к/ф / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net
AQShda «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmi chiptalarning oldindan sotilishidan 65 mln dollar daromad keltirdi. Filmning premyerasi 2026-yil 18-dekabrga belgilangan.
Film syujetida Doktor Dumga qarshi Qasoskorlar, X-Men, Fantastik toʻrtlik, Vakanda aholisi va Yangi Qasoskorlarning birlashgan kuchlari jang qiladi. Ushbu bosh yovuz qahramon rolini ilgari Temir odam obrazini ijro etgan Robert Dauni-kichik oʻynagan.





