Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Nikolas Keyj «Urush lordlari» treyzerida qurol savdogari roliga qaytadi

2005-yilda suratga olingan «Qurol baroni» filmining davomi 2027-yil 22-yanvarda kinoteatrlarda namoyish etiladi. Keyj qahramonining asosiy raqibi uning oʻz oʻgʻli boʻladi.

4-noyabr, 19:45По-русски

Read in English

collider.com

Vertical kompaniyasi Nikolas Keyj yana qurol savdogari Yuriy Orlov rolini ijro etgan «Urush lordlari» kriminal trillerining ilk treyzerini taqdim etdi. Film voqealari asl film voqealaridan yillar oʻtib sodir boʻladi. Qahramon Anton ismli nikohsiz oʻgʻli borligini bilib qoladi. Bu rolni Bill Skarsgard ijro etgan. Yosh yigit otasining izidan boradi, biroq oʻzining xususiy armiyasini tuzishga qaror qiladi va endi qurol-yarogʻ bozoridagi taʼsir uchun otasi bilan raqobatlashmoqchi.

Davom filmining rejissyori va ssenariy muallifi birinchi qism ijodkori Endryu Nikoll boʻldi. Filmda, shuningdek, Laura Harrier, Silviya Hoeks va Greg Tarzan Devis suratga tushgan. Keyj asl filmda oʻz roliga qaytgan yagona aktyor boʻldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media