Julian Fellowes «Downton Abbey»ning avvalgi tarkibsiz qaytishini istisno qilmadi
«Downton Abbey» yaratuvchisi Julian Fellowes franshiza boʻyicha yangi loyiha ehtimolini istisno qilmadi, ammo avvalgi aktyorlar tarkibi, ehtimol, qaytmasligini aytdi.

Nyu-Yorkda The Gilded Age serialining toʻrtinchi mavsumi premyerasida Julian Fellowes «Downton Abbey» asosida yangi film suratga olinishi ehtimoli haqidagi savolga javob berdi. Uning soʻzlariga koʻra, original aktyorlar tarkibi bilan davom filmi paydo boʻlishi dargumon, franshizaning boshqa varianti haqida gapirish esa hozircha erta.
Bu izohlar 2025-yil sentabrida Downton Abbey: The Grand Finale filmi chiqqanidan bir yildan koʻproq vaqt oʻtib yangradi. Film tarixning yakuniy bobi deb atalgan: Krouli oilasi va uning xodimlari 1930-yillarga qadam qoʻyadi, Ledi Meri esa mulkni boshqarishni oʻz zimmasiga olishga tayyorlanadi. Shu paytda ommaviy mojaro oila obroʻsini xavf ostida qoldiradi.
Filmda Hugh Bonneville, Elizabeth McGovern, Michelle Dockery, Laura Carmichael, Joanne Froggatt va Maggie Smith rol ijro etgan. 2024-yilda vafot etgan Smit beva grafinya Grantem obrazini gavdalantirgan.
Jozef Molsili ismli lakey rolini ijro etgan Kevin Doyle avvalroq Smit vafotidan keyin hikoyani yakunlash toʻgʻri qaror boʻlganini aytgandi. Uning soʻzlariga koʻra, filmlarning kutilmagan muvaffaqiyati bu jarayonni choʻzib yuborgani sabab aktyorlar oʻz qahramonlari bilan uzoq vaqt xayrlashgan. Janob Karson ismli butler rolini ijro etgan Jim Carter esa suratga olish guruhi aʼzolari oʻrtasidagi koʻp yillik rishta hamon juda mustahkamligini taʼkidlagan.





