Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Musiqa

BLACKPINKʼdan Jisoo, NCT va BABYMONSTER Coachella 2027 festivalida chiqish qiladi

Festival tashkilotchilari ishtirokchilar tarkibini eʼlon qildi. Undan Dua Lipa, SZA, Tame Impala va Daddy Yankee ham oʻrin olgan.

12-noyabr, 11:37По-русски

Read in English

soompi.com

Coachella musiqa festivali tashkilotchilari 2027 yilgi ishtirokchilar tarkibini taqdim etdi. Taklif etilgan sanʼatkorlar orasida BLACKPINKʼdan Jisoo, NCT va BABYMONSTER ham bor.

Festival ikki dam olish kunida — 9–11 aprel va 16–18 aprel kunlari — oʻtkaziladi. Jisoo juma kunlari, 9 va 16 aprel kunlari, NCT esa shanba kunlari, 10 va 17 aprel kunlari sahnaga chiqadi. BABYMONSTER yakshanba kunlari, 11 va 18 aprel kunlari oʻz chiqishlarini namoyish etadi. NCT 127 va NCT DREAM ham ishtirokini tasdiqlab, tegishli eʼlonlarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirdi.

Coachella 2027 festivalining bosh ijrochilari Dua Lipa, Tame Impala, SZA va Daddy Yankee boʻladi. Juma kungi dasturdan, shuningdek, janubiy koreyalik DJ va xonanda Peggy Gou hamda anʼanaviy koreys pansori musiqasi unsurlarini zamonaviy pop-musiqa bilan uygʻunlashtiradigan LEENALCHI musiqiy jamoasi ham joy olgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media