Rolling Stone The Oak Ridge Boys kantri guruhining 10 ta eng yaxshi qoʻshigʻini eʼlon qildi
Rolling Stone jurnali amerikalik kantri kvarteti The Oak Ridge Boysning eng sara oʻnta kompozitsiyasidan iborat roʻyxat tuzdi.

1940-yillarda tashkil topgan jamoa kantri va gospel musiqasi uygʻunligi tufayli keng shuhrat qozondi. 2015-yilda The Oak Ridge Boys Kantri musiqasi shon-shuhrat zaliga kiritildi. Guruh oʻnlab yillik faoliyati davomida koʻplab xitlarni, jumladan, «Elvira», «American Made» va «Bobbie Sue» qoʻshiqlarini chiqardi.
Rolling Stone roʻyxatidan, shuningdek, «Yʼall Come Back Saloon» (1977), «Leaving Louisiana in the Broad Daylight» (1979), «Trying to Love Two Women» (1980), «(Iʼm Settin’) Fancy Free» (1981), «Seven Nation Army» (2009), «Slip Slidin’ Away» va «Brand New Star» (2018) kompozitsiyalari ham joy oldi.
Nashr guruhning vokal uygʻunligi va gospel ildizlarini ham alohida taʼkidladi. Soʻnggi kompozitsiya jamoa aʼzosi Jo Bonsall 14 noyabr kuni 83 yoshida vafot etganidan keyin alohida hissiy ahamiyat kasb etdi.





