2026 yilda mashhur kitoblar asosida bir nechta serial chiqadi
2026 yil oxirigacha mashhur kitoblar asosida yaratilgan bir nechta serialning premyerasi boʻlib oʻtadi. Ular orasida klassika asarlarining yangi ekranizatsiyalari va mashhur loyihalarning davomi ham bor.

2026 yil oxirida tomoshabinlarni adabiy asarlar asosida yaratilgan yangi seriallar va mashhur loyihalarning davomlari kutmoqda. Ular orasida klassika asarlari, bestsellerlar va mashhur kitoblar turkumlarining ekranizatsiyalari bor.
11 noyabr kuni Hulu va Disney+ platformalarida Jilli Kuper romani asosida ishlangan «Raqiblar» serialining ikkinchi mavsumi boshlanadi. Ertasi kuni Peacock Karin Sloterning Rouz Birn va Megann Feyi rol ijro etgan «Yaxshi qiz» kitobi asosidagi ekranizatsiyasining barcha qismlarini chiqaradi.
20 noyabr kuni Disney+ Rik Riordanning «Titan laʼnati» kitobiga asoslangan «Persi Jekson va olimpiyachilar» serialining uchinchi mavsumini taqdim etadi. 23 noyabr kuni esa Peacockʼda Keyt Mayers romani asosida ishlangan, Emi Puler va Hyu Lori ishtirokidagi Dig komedik seriali chiqadi.
Yana bir eʼtiborli premyera Jeyn Ostenning «Gʻurur va andisha» asarining yangi ekranizatsiyasi boʻladi. Netflixʼning olti qismdan iborat loyihasi 3 dekabr kuni chiqadi. Unda Emma Korrin, Jek Louden va Oliviya Kolman rol oʻynaydi.
Bundan tashqari, Jennett Makkardi, Liana Moriarti, Holli Gramazio va boshqa mualliflarning kitoblari asosidagi seriallar ishlab chiqilmoqda. Kelajakdagi loyihalar orasida Set Makfarleynning prodyuserlik kompaniyasi ishtirokidagi Dungeon Crawler Carl ekranizatsiyasi ham bor.





