Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yulduzlar

Miranda Lambert «Yil prodyuseri» nominatsiyasida «Grammy» olgan ilk ayol boʻlishi mumkin

Xonanda Dandelion albomi va Ella Langley ijro etgan «Choosin’ Texas» xiti ustidagi ishi uchun mukofotga daʼvogarlik qilmoqda.

17-noyabr, 11:44По-русски

Read in English

rollingstone.com

Miranda Lambert «Grammy — 2027» mukofotining «Yil prodyuseri» toifasida nomzodlar qatoridan joy oldi. Agar xonanda gʻalaba qozonsa, 1975-yilda taʼsis etilgan ushbu toifada mukofot olgan ilk ayolga aylanadi.

Lambert Tony Berg, Noah Goldstein, Mike Sabath va DʼMile bilan raqobatlashadi. Uning nominatsiyasi Dandelion albomi hamda Ella Langley ijro etgan «Choosin’ Texas» qoʻshigʻi ustidagi ishi bilan bogʻliq. Ushbu qoʻshiq 2026-yilning asosiy xitlaridan biriga aylandi.

Toifa tarixida ayollar orasidan faqat sanoqli ijodkorlar nomzod boʻlgan. Jumladan, Linda Perry 2019-yilda, Janet Jackson esa 1990-yilda prodyuserlik dueti Jimmy Jam va Terry Lewis bilan birga nominatsiya olgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

We Are Moving the Needle tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda «Grammy»ning prodyuserlik toifalaridagi asosiy texnik nominatsiyalarning atigi 3,2 foizi ayollar va non-binar mutaxassislarga toʻgʻri kelgan. Lambertning ehtimoliy gʻalabasi ayollarning musiqa ishlab chiqarishiga qoʻshgan hissasi uchun muhim eʼtirof boʻlishi mumkin.

Bu nominatsiyadan tashqari, xonanda Kacey Musgraves ijro etgan «Horses and Divorces» qoʻshigʻidagi ishtiroki uchun duet yoki guruhning eng yaxshi kantri ijrosi yoʻnalishida ham mukofotga daʼvogarlik qilmoqda.