Enn Xeteuey uchinchi bor ona boʻldi
Enn Xeteuey va uning turmush oʻrtogʻi Adam Shulman uchinchi farzandli boʻldi. Aktrisani allaqachon Nyu-Yorkda yangi tugʻilgan chaqaloq bilan koʻrishgan.

Enn Xeteuey eri Adam Shulmandan uchinchi farzandini dunyoga keltirdi, deb xabar bermoqda bir nechta OAV. Aktrisaning Nyu-York boʻylab sayr paytida yangi tugʻilgan chaqaloq bilan tushgan suratlarini TMZ eʼlon qildi. Er-xotin oilaga yangi farzand qoʻshilgani haqida hozircha izoh bermadi.
2012 yilda turmush qurgan Xeteuey va Shulman, shuningdek, ikki oʻgʻlini — 10 yoshli Jonatan va olti yoshli Jekni tarbiyalamoqda. Aktrisa avvalroq oʻgʻillariga his-tuygʻularini ochiq ifoda etishga yordam berish va ular uchun xavfsiz muhit yaratish muhimligini aytgan.
Yulduz homiladorligini iyun oyida Barbara Lyuisning «Baby, Iʼm Yours» qoʻshigʻi ostida video eʼlon qilib maʼlum qilgan. Videoda u ancha dumaloqlashgan qorni koʻzga tashlanadigan oq koʻylakda namoyon boʻlgan.
«Odisseya» filmi promo-turi davomida Xeteuey liboslari bilan ham eʼtibor tortdi. Jumladan, u Ashlyn New York kombinezonini orqa-oldini almashtirib kiygan. Aktrisa muxlislarining izohlariga hazil bilan javob berdi, keyinroq esa homilador ayollar baʼzan shleyfli koʻylaklarni kiyim qoringa yaxshiroq mos tushishi uchun shu tarzda kiyishlarini tushuntirdi.
Nyu-Yorkdagi «Odisseya» premyerasida Xeteuey qornini eng yaxshi aksessuar deb atadi. Late Night with Seth Meyers dasturida esa uchinchi homiladorligi, farzand koʻrishni rejalashtirgan boʻlishlariga qaramay, oʻzi va eri uchun kutilmagan hodisa boʻlganini tan oldi.





