Xaki 2026/27 kuz-qish mavsumining asosiy rangiga aylandi
Bosiq yashil odatiy qora rangni siqib chiqarmoqda va zamonaviy garderobning asosiga aylanmoqda.

2026/27 kuz-qish mavsumida dizaynerlar xaki rangiga boʻlgan munosabatni qayta koʻrib chiqishni taklif qilmoqda. Odatiy qora rang oʻrniga sovuq faslning asosiy bazaviy tusiga bosiq yashil — mayin zaytundan tortib, chuqur mox rangigacha boʻlgan ohanglar — aylanmoqda.
Zamonaviy xakining harbiy estetika bilan aloqasi deyarli yoʻq. Moda uylari undan turli materiallarda foydalanmoqda: charm, velur, trikotaj va ipakda. Erdem uzun charm plashlarni, Cult Gaia hajmdor yopinchiqlarni, Mulberry by Christopher Kane esa katak naqshli paltolarni taqdim etdi. Bu tus kechki liboslarda ham talabgir boʻldi: Simone Rocha undan foydalanib, korsetli koʻylakni qora toʻr bilan bezadi, Balmain esa yoʻlbars naqshli, qomatga yopishib turadigan libosni taklif qildi.
Xaki shokolad rang, karamel va krem rang bilan oson uygʻunlashib, sokin kuzgi obrazlarni yaratadi. U ish garderobiga mos keladigan toʻq koʻk va sovuq kulrang bilan ham juda yaxshi koʻrinadi. Yanada ifodali yechimlarni yoqtiradiganlarga dizaynerlar zaytun rangini lavanda va mayin liloviy tuslar bilan uygʻunlashtirishga eʼtibor qaratishni tavsiya qilmoqda.
Shu bilan birga, bosiq yashil yorqin aksentlarni tanlashni cheklamaydi. U pushti, toʻq sariq, malina rang, xantal rang va hatto neon tuslar bilan ham yaxshi moslashadi. Ana shu universalligi tufayli xaki yangi mavsumning asosiy bazaviy rangi boʻlishga daʼvogarlik qilmoqda.





