Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Musiqa

IUning «Unknown Planet» klipi 100 mln koʻrishga boshqalardan tezroq yetdi

IUning «Unknown Planet» klipi 10 noyabr kuni 100 mln koʻrish chegarasidan oshdi. U xonandaning bu natijaga eng tez erishgan videosiga aylandi.

11-noyabr, 11:45По-русски

Read in English

ㅤ / 6.soompi.io

10 noyabr kuni xonandaning «Unknown Planet» raqamli singliga ishlangan musiqiy video 100 mln koʻrish chegarasidan oshdi. Klip premyerasi 16 sentyabrda boʻlib oʻtganidan keyin bu natijaga erishish uchun qariyb bir oy-u 25 kun kerak boʻldi.

«Unknown Planet» IUning 100 mln koʻrishdan oshgan 11-klipiga aylandi. Avvalroq bu natijaga «Palette», «BBIBBI», «Not Spring, Love, or Cherry Blossoms», «eight», «Blueming», «Celebrity», «Through the Night», «LILAC», «Twenty-three» va «Love Wins All» qoʻshiqlariga ishlangan videolar erishgan.

Bundan tashqari, «Unknown Planet» xonandaning bu chegaraga eng tez yetgan klipiga aylandi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media