Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Musiqa

Britni Spirs yangi albom ustida ishlash uchun yana studiyaga qaytdi

Xonanda Britni Spirs Londonga keldi va manbalarga koʻra, yangi treklar ustida ishlashni boshladi. Albom haqida hozircha rasmiy tafsilotlar yoʻq.

25-noyabr, 16:29По-русски

Read in English

Shutterstock

Manbalarning taʼkidlashicha, Spirs jamoasi bilan Britaniya poytaxtiga uchib kelgan va deyarli darhol yozuv ishlariga kirishgan. Xonanda aeroportdan joylagan videosi orqali safarini tasdiqladi, shuningdek, oʻzining zargarlik buyumlari liniyasi ustida ishlayotganini aytdi.

Bu xonandaning sakkiz yil ichida Buyuk Britaniyaga ilk bor omma oldida tashrifi boʻldi. U avval cheklovchi deb atagan vasiylik tugaganidan besh yil oʻtib, studiyaga qaytdi. Manbalar, shuningdek, Spirs yangi ovoz uslubini sinab koʻrayotgani va musiqiy gʻoyalarni oʻylab koʻrayotganini bildirdi.

2024-yilda xonanda musiqa industriyasiga qaytmasligini aytgandi. Yaqinda u ilgari chiqarilmagan kompozitsiyalar kiritilgan uchinchi studiyaviy albomining yubiley qayta nashrini chiqardi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media