Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yulduzlar

Nikolas Keyj Rayan Goslingni Marvelʼning yangi Ghost Rider roli uchun qoʻllab-quvvatladi

Nikolas Keyj Rayan Goslingning Marvel kinematografik olamida Ghost Rider roliga tanlanganini maʼqulladi. Aktyor vorisi bilan allaqachon suhbatlashganini aytib, unga muvaffaqiyat tiladi.

6-noyabr, 09:56По-русски

Read in English

playground.ru

The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida Keyj Gosling bu rolni yaxshi uddalashiga ishonch bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, u qahramonning yangi talqinini ekranda koʻrish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutmoqda.

Keyj 2007-yildagi «Ghost Rider» va 2012-yildagi «Ghost Rider 2» filmlarida Jonni Bleyz rolini ijro etgan. Endi Marvel bosh rolni Gosling ijro etadigan yangi ekranlashtirishni tayyorlamoqda.

Loyiha rejissyori Shon Levi («Dedpul va Rosomaxa», «Bosh qahramon») boʻladi, ssenariyni esa Jonatan Tropper yozadi. Film premyerasi 2028-yil 28-iyulga rejalashtirilgan. Shuningdek, Konnor Storrining loyihada ishtirok etishi mumkinligi ham muhokama qilinmoqda, biroq uning roli hozircha tasdiqlanmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media