Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

«Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» jahon prokatida ilk damlarda $76 mln yigʻdi

«Ochlik oʻyinlari» franshizasining yangi filmi xalqaro prokatda muvaffaqiyatli start oldi va qator mamlakatlarda «Ilonlar va sayroqi qushlar balladasi»ni ortda qoldirdi.

21-noyabr, 20:27По-русски

Read in English

deadline.com

«Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» filmi jahon prokatida yuqori natijalarni koʻrsatmoqda. Dastlabki namoyishlar kechasi va payshanba kuni film $24,6 mln yigʻdi. Juma kungi prognoz qilinayotgan $51 mln, jumladan prevyulardan tushadigan $21 mln ham hisobga olinsa, umumiy tushum $76 mln ga yetishi mumkin. Shu tariqa, yangi film jahon boʻyicha $100,1 mln bilan start olgan avvalgi prikvel — «Ochlik oʻyinlari: Ilonlar va sayroqi qushlar balladasi» rekordiga yaqinlashmoqda.

Hozircha film premyerasi boʻlib oʻtgan 67 ta bozordan 66 tasida birinchi oʻrinni egalladi. Yaqin kunlarda reliz yana 17 ta hududni qamrab oladi, jahon boʻyicha dastlabki tushum esa $200 mln ga yaqinlashishi mumkin.

Ayniqsa, Fransiyadagi start muvaffaqiyatli boʻldi: film bu yerda $1,4 mln ishlab, avvalgi film natijasidan 157 foizga oshdi. Norvegiyada tushum $494 mingni, Shvetsiyada — $459 mingni, Belgiyada esa — $343 mingni tashkil etdi. Film uchala mamlakatda ham birinchi oʻrindan start oldi, Norvegiyada esa franshiza tarixidagi eng yaxshi debyut qayd etildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Avstraliya $1,5 mln, Germaniya esa $1 mln tushum keltirdi. Meksikada film $1 mln, Braziliyada — $679 ming, Italiyada esa — $680 ming ishlab topdi. Boshqa muvaffaqiyatli bozorlar qatorida Daniya ($461 ming), Niderlandiya ($412 ming), BAA ($129 ming) va Saudiya Arabistoni ($126 ming) bor.

Filmning ishlab chiqarish budjeti $150 mlnni tashkil etadi, uning katta qismi xorijdagi savdolar hisobidan qoplangan. AQShdagi marketing xarajatlari yana $60 mln deb baholanmoqda.