Molli Makkenn «Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» filmidagi roli haqida soʻzlab berdi
15 yoshli aktrisa 12-distriktlik Heymitchning ittifoqchisi Luella Makkoy rolini ijro etdi.

Irlandiyalik aktrisa Molli Makkenn «Ochlik oʻyinlari» olamiga qoʻshildi. Lionsgate studiyasining «Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» filmida u Luella Makkoy — 50-chi Ochlik oʻyinlari ishtirokchilaridan biri va Heymitchning yaqin dugonasi rolini ijro etdi.
Aktrisa Deadline nashriga bergan intervyusida loyiha ishtirokini bir oy davomida sir saqlash unga ayniqsa qiyin boʻlganini aytdi. Yangi film syujetiga koʻra, Kapitoliy ilk bor arenaga odatdagi 24 nafar oʻsmir oʻrniga ikki baravar koʻp — 48 nafar ishtirokchini yuboradi. Voqealar rolni Jozef Zada ijro etgan yosh Heymitch va uning Luella bilan munosabatlariga qaratilgan.
Makkann qahramonlar oʻrtasida oʻziga xos aloqa borligini, uni Zada bilan birga ekranda yetkazishga muvaffaq boʻlganini taʼkidladi. Rolga tayyorgarlik koʻrish jarayonida aktrisa franshizaning avvalgi filmlarini qayta tomosha qilib, Hosil yigʻimi marosimi paytida Katniss va Primning reaksiyalarini oʻrgandi. U uchun eng murakkab sahnalar qoʻrquvni koʻrsatish bilan birga tashqi xotirjamlikni saqlash talab etilgan epizodlar boʻldi.
Filmga yana Fransis Lourens rejissyorlik qildi. Aktyorlar tarkibidan, shuningdek, Reyf Fayns, Glenn Kloz, Ell Fanning, Mayya Xouk va Makkenna Greys oʻrin olgan. Jennifer Lourens va Josh Xatcherson ham filmda paydo boʻlishi kutilmoqda.
«Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» filmining jahon premyerasi 2026-yil 20-noyabrga rejalashtirilgan.





