Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

DCʼning «Kleyfeys» filmi haqidagi ilk munosabatlar internetda paydo boʻldi

Yopiq namoyishlarda qatnashgan tomoshabinlar filmni horor muxlislari uchun sovgʻa deb atamoqda, deb yozadi The Hollywood Reporter.

14-oktabr, 17:40По-русски

Read in English

Скриншот из к/ф «Клейфейс» / avatars.mds.yandex.net

«Kleyfeys» filmining premyerasi seshanba oqshomida boʻlib oʻtdi. Rejissyor Jeyms Uotkins («Koʻl boʻyi», «Hech kimga aytma») Gotemdagi eng mashhur yovuz qahramonlardan birining kelib chiqish tarixini suratga oldi. Ssenariyni Huseyn Amini («Haydovchi») va Mayk Flanagan («Kerri», «Doktor uyqusi») yozgan.

Bosh rolni uelslik aktyor Tom Ris-Harris ijro etdi. Aktyorlar tarkibidan Naomi Aki, Devid Densik, Maks Mingella va Eddi Marsan ham oʻrin olgan. Film prodyuserlari Jeyms Gunn va Mett Rivz («Betmen») boʻldi.

Film 23-oktabrda kinoteatrlarda namoyish etiladi, tanqidiy sharhlar esa 21-oktabrda chiqadi. Kartina budjeti 40 million dollarni tashkil etdi — bu DC Universeʼning avvalgi loyihalariga qaraganda ancha kam.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media