Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Skarlett Yoxansson «Betmen 2» ustidagi ish qiyinchiliklari haqida gapirdi

Aktrisa Mett Rivz rejissyorlik qilgan filmning davomidagi roli unda kuchli kechinmalar uygʻotgani va bu rolni tushunish oson boʻlmaganini tan oldi.

4-noyabr, 15:10По-русски

Read in English

novini.bg

Skarlett Yoxansson Entertainment Tonight nashriga bergan intervyusida «Betmen 2»dagi ishtiroki uning uchun professional faoliyatidagi eng murakkab sinovlardan biriga aylanganini aytdi. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, u oʻz qahramonini anglab yetishda uzoq vaqt qiynalgan, rol ustidagi ish esa unda ekzistensial kechinmalarni uygʻotgan. Shu bilan birga, Yoxansson obraz tafsilotlarini oshkor qilmadi va hozircha bu ish nega shu qadar qiyin boʻlganini tushuntirib bera olmasligini taʼkidladi.

Rejissor Mett Rivz aktrisaning loyihaga qoʻshilganini may oyida eʼlon qilgan edi. Filmning davomi Yoxansson bilan birga Robert Pattinson, Sebastyan Stan, Charlz Dens va Brayan Tayri Genri ishtirokida suratga olinadi. Film premyerasi 2028-yil 18-fevralga rejalashtirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media