Om Ji Von, Li Jun Hyok va Kan Han Na «Imperatritsaning ikkinchi nikohi» serialida koʻrinish beradi
Disney+ platformasining fentezi dramasida Janubiy Koreya kino va televideniyesining uch yulduzi aktyorlar tarkibiga qoʻshiladi.

Om Ji Von imperator Sovyeshuning onasi va Sharqiy imperiyaning sobiq imperatritsasi rolini ijro etadi. Li Jun Hyok Gʻarbiy imperiya shahzodasi Xeynrining akasi, qirol Uorton III obrazini gavdalantiradi. Kan Han Na esa murakkab tuygʻularini nafis tabassum ortiga yashiradigan qirolicha Krista rolida koʻrinish beradi.
Serial mashhur, xuddi shu nomdagi veb-romanga asoslangan. Voqealar markazida eri Sovyeshu (Chju Ji Hun) qochib ketgan qul Rashta (Li Se Yon) bilan boʻlish uchun unga xiyonat qilgan imperatritsa Navye (Shin Min A) turadi. Ajrashgach, qahramon Gʻarbiy imperiya vorisi Xeynri (Li Jon Sok)ga turmushga chiqishga qaror qiladi.
«Imperatritsaning ikkinchi nikohi» serialining yangi qismlari 18-noyabr kuni chiqadi.





