Endi Serkis ishtirokidagi «Betmen 2» filmi suratga olish ishlari Rojdestvodan keyin davom etadi
Alfred rolini ijro etayotgan aktyor oʻz sahnalarini suratga olishga hali kirishmaganini maʼlum qildi.

«Betmen 2» filmi suratga olish ishlari Rojdestvo bayramidan keyin davom etib, 2027-yilga oʻtadi. Bu haqda Alfred Pennivort rolini ijro etayotgan Endi Serkis maʼlum qildi. Aktyorning soʻzlariga koʻra, u hozircha filmning davomidagi suratga olishlarda qatnashmagan va Rojdestvodan keyin darhol ishga kirishadi.
Film ishlab chiqarishi avval rejissyor Mett Rivzga oilaviy masalalarni hal qilish uchun vaqt kerak boʻlgani sababli toʻxtatilgan edi. Qolgan suratga olish ishlarini yakunlashda unga Stiven Soderberg yordam bermoqda, biroq Rivz rejissyorlik lavozimini saqlab qolgan va film ustidagi ishlarda ishtirok etishda davom etmoqda.
Bosh rolni yana Robert Pattinson ijro etadi. Aktyorlar tarkibiga, shuningdek, Skarlett Yoxansson va Sebastyan Stan ham qoʻshilgan. «Betmen 2» filmining premyerasi 2028-yil 18-fevralga rejalashtirilgan.





