Elvis Presley musiqasi egalari va Eminem nashriyotchisi Suno AI xizmatiga qarshi yangi daʼvolar kiritdi
Huquq egalari Suno musiqiy generatorini mualliflik huquqlarini buzish hamda taniqli ijrochilarning ovozi va ijodidan noqonuniy foydalanishda ayblamoqda.

Elvis Presley musiqasi huquq egalari, jumladan Authentic Brands Group va Raleigh Music Publishing, Sunoni xonandaning ovoziga ruxsatsiz taqlid qiluvchi kompozitsiyalar yaratishda aybladi. Daʼvogarlar, shuningdek, ijodkorlarning ovozi va obrazlarini sunʼiy intellekt yordamida klonlashdan himoya qiluvchi Tennessi shtatining ELVIS Act qonuni buzilganini bildirdi.
Eminemning yuzlab yozuvlariga boʻlgan huquqlarga egalik qiluvchi Eight Mile Style ham alohida daʼvo kiritdi. Kompaniya xizmat reper ijodining ayrim unsurlarini koʻchiruvchi qoʻshiqlar va matnlarni yaratish imkonini berishini taʼkidlamoqda.
Suno ayblovlarni rad etib, uning original musiqa yaratish uchun moʻljallanganini va mualliflik huquqlarini himoya qilish mexanizmlaridan foydalanishini bildirdi. Yangi ishlar platformaga qarshi kiritilgan daʼvolar qatorini toʻldirdi. Ular orasida Universal Music Group va Sony Music tomonidan berilgan daʼvolar ham bor.





