Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Musiqa

BTS ARIRANG turnesini 2027 yilning birinchi yarmigacha uzaytirishni rejalashtirmoqda

BTS guruhi 2027 yilning birinchi yarmida davom etadigan jahon turnesi jadvaliga qoʻshimcha konsertlarni kiritishni rejalashtirmoqda.

3-noyabr, 16:20По-русски

Read in English

Dispatch / Wikimedia Commons

Bu haqda Janubiy Koreyaning HYBE kompaniyasi 2026 yilning uchinchi choragi moliyaviy natijalari taqdimotida maʼlum qildi. Bosh direktor Li Je Sanning soʻzlariga koʻra, jamoa toʻliq tarkibda ham, yakkaxon ijrochilar sifatida ham yangi loyihalar tayyorlamoqda. Qoʻshimcha chiqish sanalari keyinroq eʼlon qilinadi.

ARIRANG jahon turnesi mart oyida shu nomdagi albom chiqqanidan keyin aprel oyida boshlandi. Shu vaqt ichida BTS ishtirokchilari Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa va Lotin Amerikasida konsert berdi. Noyabr oyida guruh Osiyodagi gastrollarini qayta boshlaydi, shuningdek, Avstraliyada ham konsert beradi. Avval eʼlon qilingan jadval 2027 yil mart oyining oʻrtalarigacha boʻlgan chiqishlarni qamrab oladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media