Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Moʻjizakor ayol DC kinokoinotida «Supermen» filmining davomidagi filmda debyut qilishi mumkin

The Wall Street Journal jurnalisti maʼlumotiga koʻra, qahramon premyerasi 2027-yil 9-iyulga rejalashtirilgan «Ertangi kun odami» filmida paydo boʻladi.

10-noyabr, 17:49По-русски

Read in English

polygon.com

Moʻjizakor ayolning ehtimoliy debyuti haqida Ben Frits X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi. Avvalroq muxlislar Diana Prins rolini aprel oyida film aktyorlar tarkibiga qoʻshilgan Adria Arxona ijro etishini taxmin qilishgandi. Biroq uning qaysi qahramonni gavdalantirishi hozircha rasman maʼlum qilinmagan. Mumkin boʻlgan variantlar qatorida Maksima ham tilga olingan.

Filmda Devid Korensvet Supermen roliga qaytadi, Nikolas Xolt esa Leks Lyutor obrazini ijro etadi. Shuningdek, kartinada Reychel Brosnaxen, Izabela Mersed, Milli Alkott, Lars Aydinger va Aaron Pyer ham paydo boʻladi.

Frits maʼlumotiga koʻra, studiya 2028-yilda yangi Betmen ishtirokidagi «Jasur va qatʼiyatli» filmini ham chiqarishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Jeyms Gunn 2029 va 2031-yillarda «Supermen» filmining davom filmlarini yaratish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu filmlar keyinchalik Adolat ligasi haqidagi kartinalarga aylanishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media