Hulu va Disney+ kult serial «Maxfiy materiallar»ni qayta ekranlarga olib chiqadi
Deniyel Dedveyler va Himesh Patel ishtirokidagi yangi serial Kris Karter yaratgan kult loyihaning qayta talqini boʻladi. Premyera striming platformalarida namoyish etiladi.

Disney+ va Hulu «Maxfiy materiallar» asosida yangi serial ishga tushirilishini rasman eʼlon qildi. Loyihaga rejissyor Rayn Kugler («Qora pantera», «Gunohlar») rahbarlik qiladi. U ssenariy muallifi, pilot epizod rejissyori va ijrochi prodyuser sifatida ham qatnashadi.
Bosh rollarda Deniyel Dedveyler va Himesh Patel ishtirok etadi. Syujet klassik formulani saqlab qoladi: tushuntirib boʻlmaydigan hodisalarni tergov qilayotgan ikki nafar FQB agenti kutilmagan duetga birlashadi. Asl serial yaratuvchisi Kris Karter ham loyihada ijrochi prodyuser sifatida qatnashadi. Namoyish sanasi hozircha eʼlon qilinmagan, biroq serial AQShda faqat Hulu, Buyuk Britaniyada esa Disney+ platformasida namoyish etiladi.





