Hyu Jekman va Kristian Beyl ishtirokidagi «Prestij» filmi 2027-yil yanvarida yana namoyish etiladi
Qayta namoyish filmning 20 yilligiga bagʻishlanadi; u ilk bor tomoshabinlarga 70 millimetrli plyonkada taqdim etiladi.
22-oktabr, 17:39По-русски

Кадр из к/ф «Престиж» / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net
Disney «Prestij» filmi 2027-yil 29-yanvarda kinoteatrlarga qaytishini eʼlon qildi.
Hikoya markazida Kristian Beyl va Hyu Jekman ijro etgan ikki sahna fokuschisining koʻp yillik qarama-qarshiligi turadi. Aktyorlar tarkibiga, shuningdek, Maykl Keyn, Skarlett Yohansson, Rebekka Xoll, Endi Serkis va Devid Boui ham kirdi.
Film ilk bor IMAX formatida va 70 millimetrli plyonkada namoyish etiladi. Rejissyorlik qilgan va ssenariy mualliflaridan biri boʻlgan Kristofer Nolan; kartinaning jahon prokatidagi tushumi qariyb $100 mlnni tashkil etgan. Film «Oskar» mukofotining ikki nominatsiyasiga nomzod boʻlgan.





