Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yulduzlar

Teylor Svift va Lyudvig Yoransson Hollywood Music in Media Awards mukofotlarini qoʻlga kiritdi

Teylor Svift, Lyudvig Yoransson va Dayan Uorren Hollywood Music in Media Awards mukofotining 17-marosimida gʻoliblar qatoridan joy oldi.

19-noyabr, 16:00По-русски

Read in English

eldiario.es

Gollivudda kino, televideniye va videooʻyinlar uchun bastakorlar, qoʻshiq mualliflari hamda musiqa prodyuserlarining yutuqlarini taqdirlaydigan Hollywood Music in Media Awards mukofotining 17-marosimi gʻoliblari eʼlon qilindi. Teylor Svift, Lyudvig Yoransson va Dayan Uorren ham laureatlar qatoridan joy oldi.

Yoransson rejissyor Kristofer Nolanning «Odisseya» filmi uchun yozgan musiqasi bilan mukofotlandi. Bastakor uchun bu mazkur mukofotdagi sakkizinchi gʻalaba boʻldi. U avval ham uchta «Oskar» mukofotiga sazovor boʻlgan.

Svift ilk bor Hollywood Music in Media Awards laureatiga aylandi. U Jek Antonoff bilan birga «Oʻyinchoqlar tarixi 5» multfilmi uchun yozilgan «I Knew It, I Knew You» kompozitsiyasi bilan «Animatsion film uchun eng yaxshi qoʻshiq» nominatsiyasida gʻolib boʻldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Bastakor Raul Refri «Qora shar» mustaqil filmi ustidagi ishi uchun birdaniga ikkita mukofot oldi: musiqiy hamrohligi va «La Nieve» qoʻshigʻi uchun. Dayan Uorren «Toʻliq metrajli film uchun eng yaxshi qoʻshiq» nominatsiyasida Andrea Bocelli va Jennifer Hadson ijro etgan «One Right Here» kompozitsiyasi bilan gʻolib boʻldi.

Boshqa gʻoliblar qatorida «Yovvoyi oʻrmon» animatsion filmi uchun yozgan musiqasi bilan mukofotlangan Dario Marianelli va «Ave Mariya» loyihasi ilmiy-fantastik filmi saundtreki uchun taqdirlangan Daniel Pemberton ham bor.

Hollywood Music in Media Awards mukofoti har yili toʻliq va qisqa metrajli filmlar, seriallar, videooʻyinlar, reklama roliklari hamda boshqa media loyihalari uchun yaratilgan musiqa sohasidagi ishlarni taqdirlaydi.