BLACKPINK guruhidan Jisu WME agentligi bilan shartnoma imzoladi
Agentlik xonanda va aktrisaning jahon miqyosidagi manfaatlarini himoya qiladi, bu uning yakkaxon faoliyati rivojlanayotgan bir paytga toʻgʻri kelmoqda.

BLACKPINK ishtirokchisi yakkaxon faoliyatini rivojlantirishda davom etmoqda. Yaqinda u «Addicted» singlini chiqardi. Qoʻshiq 28 ta hududda iTunes musiqa chartlarida birinchi oʻrinni egalladi va platformaning jahon reytingida ham yetakchilik qildi. Avvalroq xonanda «Click» kompozitsiyasini taqdim etgan edi.
2026-yilda Jisu BLACKPINKʼning Deadline jahon turnesini ham yakunlab, Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyodagi stadionlarda chiqish qildi. Bundan tashqari, u Netflix platformasining «Talabga koʻra yigit» romantik serialida bosh rolni ijro etdi. Serialning premyerasi mart oyida boʻlib oʻtdi.
Xonandaning yakkaxon debyuti 2023-yilda Janubiy Koreyada bir milliondan ortiq nusxada sotilgan «Me» mini-albomi bilan boʻlgan. 2025-yilda u «Amortage» mini-albomini chiqardi, shuningdek, Zayn bilan «Eyes Closed» nomli qoʻshma kompozitsiyani yozdi.
WME mijozlari qatorida Adele, Billie Eilish, Bruno Mars, Coldplay, Rihanna va The Weeknd ham bor.





