Arnold Vosloo “Mumiya 4” filmida Imhotep roliga qaytadi
Aktyor Brendan Fraser va Rachel Weisz ishtirokidagi franshizaning davomidagi filmda qatnashish uchun shartnoma imzolaganini tasdiqladi.

Arnold Vosloo “Mumiya”ning toʻrtinchi qismida yana Imhotep rolini ijro etadi. Aktyor filmda ishtirok etishini shaxsan tasdiqlab, allaqachon shartnoma imzolaganini va noyabr oyida suratga olish guruhiga qoʻshilishni rejalashtirayotganini aytdi.
Avvalroq Voslooning qaytishi haqidagi maʼlumotni uning hamkasblari tarqatgan edi, biroq aktyorning oʻzi yaqindagina loyihadagi ishtiroki haqida izoh berdi.
U bilan birga Brendan Fraser va Rachel Weisz ham oʻz rollariga qaytadi. Shuningdek, filmda yana Beni Gabor rolini ijro etadigan Kevin J. OʻConnor hamda Ardeth Bay obrazi bilan tanilgan Oded Fehr ham paydo boʻladi.
“Mumiya 4” filmining premyerasi 2027-yil 15-oktabrga rejalashtirilgan.





