Xvasaning «Good Goodbye» klipi YouTubeʼda 200 mln marta koʻrildi
Video xonandaning bu marrani zabt etgan ikkinchi yakkaxon klipiga aylandi.
16-noyabr, 16:30По-русски

soompi.com
16-noyabr kuni Xvasaning «Good Goodbye» qoʻshigʻiga ishlangan musiqiy video YouTubeʼda 200 mln marta koʻrildi. Klipda aktyor Pak Jong Min ham suratga tushgan.
Ushbu natijaga erishish uchun qoʻshiqning 2025-yil 15-oktabrda boʻlib oʻtgan premyerasidan keyin taxminan bir yil-u bir oy vaqt kerak boʻldi.
Avvalroq xuddi shunday koʻrsatkichga «Maria» klipi ham erishgan. U ham xonandaning eng muvaffaqiyatli yakkaxon loyihalaridan biriga aylangan. Klip 200 mln marta koʻrilishi uchun taxminan bir yil-u 29 kun vaqt ketgan.





