Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Qoʻrqinchli filmlarning 2026-yildagi jahon kassasi $2,49 mlrdga yetdi

Janr yil davomida 8 foizga oʻsdi, Blumhouse Atomic studiyasi esa jahon kassasining yarmini taʼminladi.

19-noyabr, 13:33По-русски

Read in English

deadline.com

2026-yilda qoʻrqinchli filmlarning jahon kassasi $2,49 mlrdga yetdi. Bu oʻtgan yilgi $2,3 mlrdlik koʻrsatkichdan 8 foiz koʻp. The Business of Fear 2026 konferensiyasida taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, ushbu summaning yarmi Blumhouse Atomic loyihalariga toʻgʻri kelgan.

Eng muvaffaqiyatli filmlar qatoridan $524,4 mln yigʻgan «Obsessiya» (Obsession), $400 mln natija qayd etgan «Sahna orti» (Backrooms), $172 mln ishlab topgan «Astral: Narigi tomonda» (Insidious: Out of the Further), $120 mln yigʻgan «Boshqa ona» (The Other Mommy) hamda $90,5 mln daromad keltirgan «Li Kroninning mumiyasi» (Lee Croninʼs The Mummy) joy oldi.

Blumhouse va Jeyms Vanning Atomic Monster kompaniyasi birlashganidan soʻng, qoʻshma studiyaning yillik kassasi 2024-yildan beri $1 mlrdni tashkil etmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Qoʻrqinchli filmlar 2026-yilda tomoshabinlari oʻtgan yilga nisbatan koʻpaygan yagona kino janri boʻldi: sotilgan chiptalar soni 7 foizga oshdi. Taqqoslash uchun, romantik komediyalarga tashrif buyurish 78 foizga kamaydi.

Atomic Monster rahbari Jeyms Van janrning mashhurligini yosh avlod qoʻrqinchli filmlarni endi tor doiradagi yoʻnalish sifatida qabul qilmayotgani bilan izohladi. Blumhouse rahbari Jeyson Blumning aytishicha, tomoshabinlar mustaqil qoʻrqinchli filmlarni ham, yirik studiyalarning loyihalarini ham tobora koʻproq tomosha qilmoqda.

2027-yilda studiya janrni rivojlantirishda davom etadi. Rejalashtirilgan premyeralar qatorida «The Conjuring» olamining yangi filmlari, «Jin chiqaruvchi»ning qayta ishga tushirilishi, «Bleyr jodugari»ning qaytishi, «Paranormal hodisa»ning navbatdagi qismi va boshqa loyihalar bor.