Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

“Oʻrgimchak odam: Yangi kun” 10 daqiqalik yangi sahnalar bilan kinoteatrlarga qaytadi

Sony Pictures Tom Holland ishtirokidagi filmning kengaytirilgan versiyasini 4-dekabrda namoyish etadi. Unga ilgari koʻrsatilmagan epizodlar kiritiladi.

17-noyabr, 13:30По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

“Oʻrgimchak odam: Yangi kun” filmining kengaytirilgan versiyasi 4-dekabrda kinoteatrlarda namoyish etiladi. Qayta namoyish Spider-Man: [Brand New] Brand New Day deb nomlangan boʻlib, unga 10 daqiqalik qoʻshimcha materiallar, jumladan, Rosario Dawson Tungi hamshira rolida ishtirok etgan sahna ham kiritiladi. Tomoshabinlarni yana bir nechta boshqa syurprizlar kutmoqda, ammo ularning tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.

Rejissyor Destin Daniel Cretton suratga olgan filmda Tom Holland yana Piter Parker rolini ijro etdi. U bilan birga filmda Zendaya, Jon Bernthal, Mark Ruffalo va Sadie Sink ham suratga tushgan.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, film AQSh prokatida 959 million dollar, butun dunyo boʻyicha esa 2,5 milliard dollar daromad keltirgan. Qayta namoyish filmga ichki bozorda 1 milliard dollar marrasidan oshib ketishga yordam berishi mumkin.

Rosario Dawson avvalroq loyiha uchun Kler Templ obrazida suratga tushganini, biroq uning epizodi dastlabki versiyaga kiritilmaganini aytgandi. Aktrisa bu rolni “Daredevil”, “Jessica Jones”, “Luke Cage”, “Iron Fist” va “The Defenders” seriallarida ijro etgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media