Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Taika Waititi «Yulduzlar jangi» haqidagi filmi muzlatilganini maʼlum qildi

Avval film ssenariysi ustida Toni MakNamara ishlagan, Waititi esa rejissuraga eʼtibor qaratishni rejalashtirgan edi.

19-oktabr, 17:21По-русски

Read in English

Logan Rickert / Wikimedia Commons

«Yulduzlar jangi» olamiga asoslangan film ustidagi ishlar toʻxtatilganini Waititi «Klara va quyosh» filmi taqdimoti chogʻida tasdiqladi. Rejissyorning soʻzlariga koʻra, u hozir MakNamara bilan birga tafsilotlari hozircha oshkor qilinmayotgan boshqa loyiha ustida ishlamoqda.

Waititi yana taxminan toʻrtta filmni amalga oshirishni rejalashtirayotganini ham aytdi. Ular orasida Roald Dalning «Charli va shokolad fabrikasi» asari asosidagi loyiha ham bor. Rejissyor kelajakda «Yulduzlar jangi»ga qaytish ehtimolini istisno qilmadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media