Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

American Film Marketʼda sunʼiy intellektning jahon kinoindustriyasi kelajagiga taʼsiri muhokama qilinadi

AFMʼning kengaytirilgan dasturida konsolidatsiya, sunʼiy intellekt va ijodkorlar iqtisodiyotining kino biznesiga taʼsiri muhokama qilinadi.

17-oktabr, 12:55По-русски

Read in English

AlviseFalier / Wikimedia Commons

Amerika kino bozori (AFM) 10 noyabr kuni Los-Anjelesda ilk Global Screen Economy Summit sammitini oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Yarim kun davom etadigan sammit Mustaqil kino va televideniye alyansi (IFTA)ning yangi prezidenti va bosh direktori Jeki Brennemanning nutqi bilan ochiladi. Soha tahlilchisi Evan Shapiro ham maʼruza qilib, audiovizual kontent jahon bozorining oʻzgarishi haqida soʻzlaydi.

Forum 10–15 noyabr kunlari Fairmont Century Plaza mehmonxonasida boʻlib oʻtadigan 47-chi American Film Market dasturining bir qismi boʻladi. Tashkilotchilar 45 dan ortiq munozara, taqdimot va soha vakillari bilan uchrashuvlarni oʻz ichiga olgan kengaytirilgan biznes dasturini tayyorladi.

Kino ishlab chiqarishini moliyalashtirish markaziy mavzulardan biri boʻladi. Alohida munozaralarda intellektual mulkni rivojlantirish, auditoriyani izlash va mustaqil kinematografiyaning istiqbollari muhokama qilinadi.

Dasturga, shuningdek, oʻsib borayotgan qoʻrqinchli filmlar bozori, sunʼiy intellektdan foydalanish hamda kinoteatrlar uchun anime, konsert filmlari va diniy loyihalarni oʻz ichiga olgan muqobil kontent masalalariga bagʻishlangan munozaralar kiritilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media