Netflix 2027-yilda «Vocal Class Wars» vokal shousini chiqaradi
Yangi musiqiy realiti-shou ishtirokchilari taniqli va endi faoliyat boshlayotgan ijrochilar oʻrtasidagi vokal bellashuvida gʻoliblik uchun kurashadi.
Netflix premyerasi 2027-yilga rejalashtirilgan yangi musiqiy «Vocal Class Wars» shousi yaratilganini eʼlon qildi. Loyiha mashhur «Pazandachilik sinflari jangi» kulinariya tanlovi tamoyili asosida quriladi.
Ishtirokchilar ikki toifaga ajratiladi: taniqli sanʼatkorlardan iborat «oq» xonandalar va shaxsini oshkor qilmagan holda bellashadigan «qora» ijrochilar. Tanlovning asosiy mezoni ishtirokchilarning mashhurligi, tajribasi yoki kasbiy yutuqlari emas, balki vokal mahorati boʻladi.
Loyiha ustida «Pazandachilik sinflari jangi» shousini suratga olgan prodyuser Kim Hak Min va «Just Makeup» shousiga rahbarlik qilgan Pak Son Xvan ishlamoqda. Ular avval «Sing Again» musiqiy tanlovi ustida ham birga ishlagan.





