Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Seriallar

«Vijon» shou-raneri Altron ishtirokidagi sahnalar va serialdagi murakkab vizual effektlar haqida soʻzlab berdi

Terry Matalas va VFX-supervayzer John Haley maxsus effektlar ustidagi ishlar hamda «VisionQuest»dagi noodatiy sahnalar tafsilotlarini oshkor qildi.

13-noyabr, 13:06По-русски

Read in English

pluggedin.ru

Marvelʼning «Vijon» («VisionQuest») seriali shou-raneri Terry Matalas loyiha yaratilishida qoʻllangan ayrim noodatiy yechimlar haqida soʻzlab berdi. Shunday yechimlardan biri James Spader ijro etgan Altronning yollanma jangchi Paladin (Todd Stashwick) bilan yozishmalari aks etgan sahna boʻldi. Rejissyorning gʻoyasiga koʻra, aktyorlar oʻz qahramonlarining elektron xatlariga ovoz berishlari kerak edi. Matalasni, ayniqsa, Spader LMAO qisqartmasini talaffuz qilgani quvontirdi. Shundan soʻng jamoa tasvirga tegishli emojini qoʻshdi.

Yana bir qiziqarli vazifa Vijon va Sintetik inson Jim Hammond uchrashadigan sahna boʻldi. Har ikki rolni Paul Bettany ijro etgan. Syujetga koʻra, Hammond alangaga burkanadi, shu sababli mutaxassislar uning kostyumiga LED chiroqlar oʻrnatishdi. Ularni aktyor ortidan harakatlantirilgan skeytbord ustidagi batareya quvvat bilan taʼminlardi. Bu raqamli olov qoʻshilishidan oldinroq realistik yoritish yaratish imkonini berdi.

Toʻrtinchi epizoddagi gala kechasi paytida Vijonning Jocasta (TʼNia Miller) bilan jangi ham alohida eʼtibor talab qildi. Sahna uchun jamoa aktyorlarning harakatlari yozuvlari hamda ijrochilar boshiga mahkamlangan kameralardan foydalandi. Industrial Light & Magic mutaxassislari Jocastaning insoniy va sintetik shakllar oʻrtasidagi oʻtishini tasvirlashda Marvel komikslariga ham tayandilar.

Matalas va vizual effektlar supervayzeri John Haley ishlab chiqarish tafsilotlarini Deadline nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media