Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yulduzlar

Suyak saratoni bilan kurashgan komik Eldos Almazov vafot etdi

Komik 19 noyabr kuni operatsiya vaqtida vafot etdi. U soʻnggi oylarda osteosarkomadan davolanib, kimyoterapiya muolajasidan oʻtgan edi.

20-noyabr, 11:55По-русски

Read in English

starhit.ru

19 noyabr kuni komik Eldos Almazovning vafot etgani maʼlum boʻldi. U bir necha oy davomida suyak toʻqimasining xavfli oʻsmasi — osteosarkomaga qarshi kurashgan. Bu haqda uning qarindoshlari xabar berdi. Sanʼatkorning amakivachcha singlisi aytishicha, u operatsiya vaqtida vafot etgan. Komikning doʻsti, strimer Anar Abdullayev ham uning oʻlimini tasdiqladi va dafn marosimi xarajatlarini oʻz zimmasiga olishini bildirdi. Eldos bilan vidolashuv Oʻsh shahrida boʻlib oʻtadi.

Almazov tashxisi haqida 2026 yil aprelida soʻzlab bergan edi. Dastlab uning oyogʻi ogʻrib, bunga lat yeyish yoki asab siqilib qolishi sabab boʻlgan deb oʻylagan. Ahvoli yomonlashib, yurishi qiyinlashgach, shifokorlarga murojaat qilgan va ular oʻsmani aniqlagan.

Davolash jarayoni kimyoterapiya, biopsiya va jarrohlik aralashuvlarini oʻz ichiga olgan. Tibbiy yordamning qimmatligi sababli komik obunachilaridan moliyaviy koʻmak soʻragan, unga muxlislari va hamkasblari yordam bergan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Iyun oyida navbatdagi kimyoterapiya kursidan keyin sanʼatkorning qon koʻrsatkichlari yomonlashib, immuniteti zaiflashgan va pnevmoniya rivojlangan. U, shuningdek, kuchli ogʻriqlar, ogʻizdagi yaralar va ovqatlanish bilan bogʻliq muammolardan aziyat chekkan.

Sentabr oyida Almazov oyogʻida murakkab operatsiyani boshdan kechirib, qayta yurishni oʻrgangan, shundan soʻng davolanishni davom ettirgan. Oktabrda u navbatdagi kimyoterapiya kursidan oʻtayotgani va kuchini tiklashga urinayotganini maʼlum qilgan. Uning Telegram-kanalidagi soʻnggi post 20 oktabr kuni paydo boʻlgan.