Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Endryu Garfild Santa-Barbara kinofestivalida mukofot oladi

6-fevral kuni festival sahnasida aktyor Endryu Garfild kinotanqidchi Leonard Maltin bilan oʻz faoliyati va Sem Altman rolini ijro etadigan boʻlajak filmi haqida suhbatlashadi.

21-oktabr, 18:32По-русски

Read in English

Raph_PH / Wikimedia Commons

Garfild Santa-Barbara kinofestivalida Maltin Modern Master Award mukofotiga sazovor boʻladi. Ushbu mukofot kinematografiyadagi ulkan yutuqlar va kino sanʼatini rivojlantirishga qoʻshilgan katta hissa uchun beriladi.

Luka Guadanyino rejissyorligidagi «Artificial» («Sunʼiy intellekt») nomli boʻlajak filmda u OpenAI bosh ijrochi direktori Sem Altman rolini ijro etadi. Garfild faoliyati davomida «Oskar» mukofotiga ikki marta nomzod boʻlgan, shuningdek, «Oltin globus» va teatr sohasidagi «Toni» mukofotlarini qoʻlga kiritgan.

42-festival 3-fevraldan 13-fevralgacha davom etadi. Dasturdan filmlar namoyishi, rejissyorlar bilan uchrashuvlar, soha panellari va aktyorlarni taqdirlash marosimlari oʻrin oladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media