Beyonse «Gremmi» tarixida 100 ta nominatsiyaga ega boʻlgan birinchi ijodkor boʻldi
Xonanda «Morning Dew (Donk)» arxiv kompozitsiyasi uchun olgan nominatsiyasi tufayli yangi rekord oʻrnatdi.

Beyonse «Gremmi» mukofotida tarixiy rekord oʻrnatib, faoliyati davomida 100 ta nominatsiya olgan birinchi ijrochiga aylandi. Yubiley nominatsiyasi unga BʼDay albomining 20 yilligiga bagʻishlab chiqarilgan «Morning Dew (Donk)» kompozitsiyasi uchun «Eng yaxshi yakkaxon R&B ijrosi» nominatsiyasida berildi.
2024 yilda xonanda turmush oʻrtogʻi Jay-Zʼdan oʻzib, mukofot tarixidagi eng koʻp nominatsiya olgan ijodkorga aylangandi. Oʻshanda uning natijasi 99 ta nominatsiyaga yetgan edi. Keyingi oʻrinlarda 84 ta nominatsiya bilan Pol Makkartni, 80 ta nominatsiya bilan Kuinsi Jons va 79 ta nominatsiya bilan Chik Koriya bormoqda.
Beyonse «Gremmi» mukofotlari soni boʻyicha ham rekordchi boʻlib qolmoqda. 2023 yilda u 32-mukofotini olib, avvalgi barcha yetakchilardan oʻzib ketdi, 2025 yilgi marosimdan soʻng esa mukofotlari sonini 35 taga yetkazdi. Oʻshanda xonanda Cowboy Carter plastinkasi bilan ilk bor «Yil albomi» nominatsiyasida gʻolib boʻldi.
Bu yil Rey bir yil ichida ayol ijodkor tomonidan olingan nominatsiyalar soni boʻyicha Beyonse rekordini takrorladi. Uning This Music May Contain Hope albomi 10 ta nominatsiyada taqdim etilgan, ijrochining oʻzi esa «Yilning qoʻshiq muallifi» mukofotiga ham daʼvogarlik qilmoqda.
Beyonse i-D jurnaliga bergan intervyusida Reyning, shuningdek, yosh xonandalar Sienna Spiro va Olivia Deaning isteʼdodini alohida taʼkidlab, ularning musiqiy yutuqlaridan faxrlanishini bildirdi. Ulardan oxirgisi 2027 yilgi marosimga oltita nominatsiya oldi.





