Elayja Vud yangi «Uzuklar hukmdori» filmida Frodo roliga qaytishi haqida gapirdi
Aktyor 20 yildan koʻproq vaqt oʻtib hobbit obraziga qaytganini syurreal holat deb atadi va oʻtgan vaqtni deyarli his qilmaganini tan oldi.

Elayja Vud «Uzuklar hukmdori: Gollum ovi» filmida Frodo roliga qaytishi haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi. Aktyor yana hobbit libosini kiydi va original trilogiya suratga olinganidan beri juda qisqa vaqt oʻtgandek his qildi.
Vudning soʻzlariga koʻra, suratga olish maydoniga qaytish bir vaqtning oʻzida ham ajoyib, ham syurreal boʻlgan. Tanish libos va obrazning ayrim unsurlari, jumladan, hobbit oyoqlari unda oʻtmishga toʻliq qaytgandek taassurot uygʻotgan.
Filmga Endi Serkis rejissyorlik qildi, u Gollum roliga ham qaytadi. Gandalf obrazidagi Ian MakKellen va Thranduil rolidagi Li Peys ham aktyorlar tarkibiga qoʻshiladi. Aktyorlar tarkibining yangi ishtirokchilari qatoridan Anya Taylor-Joy, Keyt Uinslet, Jeymi Dornan va Leo Vudall joy olgan.
Syujet Gollum Yagona uzuk joylashgan manzilni Sauronga oshkor etishidan oldin uni topishga urinayotgan Aragornning xavfli safari haqida hikoya qiladi. Film suratga olish ishlari allaqachon yakunlangan. Jahon premyerasi 2027 yil 17 dekabrga rejalashtirilgan.





