Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Uslub

Xitoylik dizaynerlar lyuks moda bozori pasayayotgan bir paytda oʻz mavqelarini mustahkamlamoqda

Yangi sahna oldidagi asosiy savol — distribyutsiya va onlayn kanallar yetishmayotgan sharoitda u xalqaro moda uylarini yetishtira oladimi, deb yozadi Vogue.

24-oktabr, 12:35По-русски

Read in English

Nethmi Muthugala / Unsplash

1990-yillarda shakllangan Xitoy dizaynerlik modasi yetuk bosqichga kirdi: koʻplab mahalliy ijodkorlar Yevropa va AQShda tahsil olib, keyin vataniga qaytib, biznes qura boshladi. Xaridorlarga yaqinlik va nisbatan arzon ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyati ularning brendlariga yordam bermoqda.

Mamlakatning lyuks bozori isteʼmolchilar ishonchi sustlashib, sarf-xarajatlar ehtiyotkorroq tus olayotgan bir paytda oʻz tuzilmasini oʻzgartirmoqda. Euromonitor maʼlumotlariga koʻra, Xitoyning lyuks moda bozori 2023-yildagi choʻqqi darajasidan hanuz ancha past — 2027-yilda prognoz qilinayotgan 407 mln dollarga nisbatan taxminan 460 mln dollarni tashkil etadi. Euromonitor International kompaniyasining lyuks tovarlar yoʻnalishi rahbari Flur Robertsning fikricha, endi xalqaro brendlar uchun avvalgi nufuzning oʻzi yetarli emas: xaridorlar sifat, oʻziga xoslik va qiymatni yanada sinchiklab baholamoqda.

Shu bilan birga, Osiyo mintaqasi tobora koʻproq xalqaro dizaynerlarni jalb qilmoqda. Xitoy brendlari anʼanaviy elementlarni, jumladan qipao va pankou ilgaklarini qayta talqin qilib, guochao («milliy toʻlqin») yoʻnalishini rivojlantirmoqda, shuningdek, oʻz doʻkonlarini ochmoqda. Mark Gong va Samuel Gui Yang Labelhood inkubatori koʻmagida Shanxay markazida ilk savdo nuqtalarini ishga tushirdi. Bu ularga ulgurji distribyutsiyaga qaramlikni kamaytirish imkonini beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media