Merayya Keri 20 mln dollarlik daʼvo boʻyicha akasi ustidan sudda gʻalaba qozondi
Nyu-York sudi qoʻshiqchi Merayya Kerining akasi Morgan Keri unga qarshi bergan daʼvoni rad etdi. Morgan qoʻshiqchining avtobiografik kitobida tuhmat qilinganini aytib, 20 mln dollar talab qilgandi.
20-oktabr, 14:09По-русски

Raph_PH / Wikimedia Commons
Sud jarayoni besh yil davom etdi. Morgan 2021-yilda bir yil avval nashr etilgan The Meaning of Mariah Carey memuarlari sabab daʼvo kiritdi. U singlisi uni shafqatsiz inson sifatida tasvirlab, obroʻsiga putur yetkazganini taʼkidladi.
Sudya Lesli Strot daʼvogar qoʻshiqchining qasddan yomon niyat bilan ish tutganini isbotlay olmaganini bildirdi.
Merayyaning vakili xonanda sud qaroridan mamnun ekanini aytdi. Biroq Morgan Kerining advokati hukm ustidan shikoyat qilish niyatida ekanini maʼlum qildi.





