Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Kino

Xitoyning ilk toʻliq metrajli AI filmi prokatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Loyiha ustida ikki yil davomida ish olib borildi va unda 100 ga yaqin kishi qatnashdi. Bona Film Group kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, filmni ishlab chiqarish 10 mln yuanga tushgan.

29-oktabr, 16:47По-русски

Read in English

ChatGPT

Sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilgan «Sanxingduy: kelajak va oʻtmish» fantastik filmi Xitoydagi prokatining dastlabki haftasida atigi 181 ming dollar daromad keltirdi. Bunda film budjeti qariyb 1,5 mln dollarni tashkil etgan.

Film Xitoy kinoteatrlarida 2026-yil 23-oktabrda namoyish etildi. Dastlabki yetti kun ichida u 1,21 mln yuan yigʻdi, bu taxminan 181 ming dollarga teng. Mazkur film sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan va Xitoy Davlat kino boshqarmasining tasdigʻini olgan ilk toʻliq metrajli loyiha boʻldi.

Syujet tarixiy jumboq va ilmiy fantastika unsurlarini birlashtiradi. Voqealar qadimgi Sanxingduy sivilizatsiyasidan boshlanib, tomoshabinlarni keyinchalik uzoq kelajakka olib boradi. U yerda oʻta qudratli sunʼiy intellektning rivojlanishi global inqirozga sabab boʻladi. Arxeologlar topgan qadimiy runalar insoniyatni qutqarish umidini beradi.

Boʻlajak premyera haqidagi xabarlar Bona Film Group aksiyalari kotirovkalariga ham taʼsir koʻrsatdi. Filmning namoyish sanasi 28-sentabrda eʼlon qilinganidan soʻng kompaniya aksiyalari 6,36 yuangacha koʻtarildi, oktabr oʻrtalariga kelib esa 7,91 yuanga yetdi. Biroq keyin qimmatli qogʻozlar qiymati pasaydi: 26-oktabrda u 5,54 yuan, 28-oktabrda esa 5,62 yuan boʻldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media