Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Musiqa

Qoʻshiqchi Jon Mayer Mercury Records bilan shartnoma tuzdi

Tom and Jerry singli 23-oktabrda chiqadi va Mayerning 2021-yilda chiqarilgan Sob Rock albomidan keyingi ilk yakkaxon relizi boʻladi.

23-oktabr, 12:31По-русски

Read in English

PrtScr - youtube.com - John Mayer - New Light

Qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va gitarachi Jon Mayer Mercury Records bilan shartnoma tuzdi hamda kompaniya bilan hamkorlikda oʻzining Sob Rock Records leyblini ishga tushirdi. Uning Las-Vegasdagi Sphere zalida oʻtkaziladigan konsertlar seriyasi 2027-yil aprelidan iyunigacha rejalashtirilgan boʻlib, 21 ta chiqishni oʻz ichiga oladi. Musiqachi har bir konsertda ijroning uch formatini taqdim etadi: yakkaxon, toʻliq tarkibli guruh bilan va John Mayer Trio tarkibida.

Musiqachi bilan shartnomani Mercury Records raisi va bosh ijrochi direktori Tayler Arnold tuzdi. Mayer leybl artistlari roʻyxatiga qoʻshiladi; bu roʻyxatga Post Malone va Noah Kahan ham kiradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media