Kanye Uest Los-Anjelesdagi Yeezy Season 01 namoyishida yangi musiqalarini taqdim etdi
Kanye Uest 2022-yildan beri ilk bor Yeezy namoyishini oʻtkazdi va unda ilgari chiqarilmagan ikkita kompozitsiyasini taqdim etdi. Mehmonlar orasida Kid Kadi, Big Shon va 2 Chainz ham bor edi.

4-noyabr kuni Los-Anjelesda Yeezy Season 01 namoyishi boʻlib oʻtdi. Modellar minimalist uslubdagi kiyimlarni namoyish etdi: harbiy estetika ruhidagi qora kiyimlar, charm kurtkalar, plashlar va katta hajmli etiklar. Namoyish ishtirokchilaridan biri reper Nettspend boʻldi.
17 daqiqalik shou davomida Kanye Uest ikkita yangi kompozitsiyasini taqdim etdi. Ulardan birida reperning vokali yuqori tonli semplar va zarbli cholgʻular fonida yangraydi, boshqasida esa xavotirli sirena hamda telefonda topilgan yozishma haqidagi takrorlanuvchi satr eshitiladi.
Tadbirga Kid Kadi, Big Shon, 2 Chainz, dizayner Jerri Lorenso va reperning rafiqasi Byanka Censori tashrif buyurdi. Shuningdek, Kanye Uest jamoatchilik oldida barcha toʻrt farzandi bilan birga koʻrindi.





