Resident Evil asosidagi «Yovuzlik maskani» filmi qariyb 400 mln dollar yigʻdi
Film 18-sentabr kuni dunyo prokatiga chiqdi. Uning budjeti 75 mln dollarni tashkil etgan va film ishlab chiqarish xarajatlarini allaqachon qoplagan.
26-oktabr, 07:25По-русски
Resident Evil asosidagi «Yovuzlik maskani» filmining kassadagi tushumi 380 mln dollarga yetib, ijodkorlarga foyda keltirdi.
Syujet markazida insoniyat taqdiri bogʻliq boʻlgan muhim posilkani yetkazish uchun Rakkun-Siti boʻylab yoʻlga chiqqan kuryer Brayan turadi.
Bosh rollarni Ostin Abrams, Zak Cherri, Kali Reis, Pol Uolter Xauser va Jonno Uilson ijro etgan.





