Pak Min Yon va Yuk Son Je «Toʻqqizdan oltigacha» dramasi prevyusida romantik sahnani koʻrsatishdi
SBS ishga mukkasidan ketgan ayol haqida hikoya qiluvchi serialning birinchi qismidan parchani taqdim etdi. U kutilmaganda oʻzining muhabbatga munosabatini oʻzgartiradigan insonni uchratadi.

SBS telekanali bosh rollarda Pak Min Yon va Yuk Son Je ishtirok etgan «Toʻqqizdan oltigacha» (Nine to Six) romantik dramasining yangi treylerini eʼlon qildi. Serialning premyerasi 25 noyabr kuni boʻlib oʻtdi.
Pak Min Yon oʻn yillik ish tajribasiga ega, mehnatkash yuridik boʻlim rahbari oʻrinbosari Kan I Ji rolini ijro etadi. Doimiy bandligi sababli qahramon ayol shaxsiy hayotini anchadan beri ikkinchi oʻringa surib keladi. Yuk Son Je esa mehribonligi va qatʼiyligi bilan ajralib turadigan, quvnoq stajyor Han Son U rolini oʻynaydi.
Eʼlon qilingan parchada Son U parkda I Jini uchratib, uning anchadan beri ovqatlanmaganini payqab, qizga energetik ichimlik taklif qiladi. Keyinroq qahramon ayol yaqinda restoranda unga omma oldida turmush qurishni taklif qilgan sevgilisi Kim Don Sokdan qoʻngʻiroq qabul qiladi. Erkak qizning qayerda ekanini aytib qolganida, suhbat kutilmaganda yakunlanadi.
Shundan soʻng Son U butun bir paket pishiriq bilan qaytib, I Jiga ichiga turli xil nachinkalar solingan pishiriqdan birini tanlashni taklif qiladi. Odatda oʻzini bosiq tutadigan qahramon ayol paket ichiga qiziqish bilan qaraydi va bu yigitning tabassumiga sabab boʻladi.
Serial voqealari bir-biridan mutlaqo farq qiladigan ikki insonning uchrashuvi ularning munosabatlar, ish va oʻz hayotiga qarashlarini qanday oʻzgartirishini hikoya qiladi.





