J. Cole yangi albomdan keyin musiqiy faoliyatini yakunlash fikridan qaytdi
Reper The Fall-Off albomi chiqqach va muvaffaqiyatli konsert gastrollaridan soʻng rejalarini oʻzgartirdi.

J. Cole endi faoliyatini yakunlashini eʼlon qilmoqchi emasligini aytdi. Bu haqda u Las-Vegasda uzoq yillik menejeri Mark Pitts bilan birga bergan GQ intervyusida soʻzlab berdi.
Musiqachining aytishicha, The Fall-Off nomli qoʻsh albom ustida ishlayotgan paytda uni soʻnggi plastinkasi deb hisoblagan. Biroq reliz chiqqach va gastrollar boshlanganidan keyin uning munosabati oʻzgargan. Cole gastrol shu qadar muvaffaqiyatli oʻtganki, endi yangi musiqa chiqarish ehtimolini istisno qilmoqchi emasligini tan oldi. Biroq hozircha keyingi albom boʻyicha aniq rejalar yoʻq.
Reper intervyuda 2024 yilda Kendrick Lamar bilan yuzaga kelgan mojaro haqida ham gapirdi. Uning tan olishicha, oʻzi qarama-qarshilikka qoʻshilishni istamagan boʻlsa-da, hamkasbi Like That trekida unga tashlagan chaqiriqqa javob berishi kerakligini his qilgan. Oxir-oqibat Cole 7 Minute Drill diss trekini chiqardi, biroq koʻp oʻtmay Dreamville festivalida Lamar oldida uzr soʻradi va kompozitsiyani striming platformalaridan olib tashladi.
The Fall-Off 2026 yil fevralida chiqdi va J. Coleʼning Billboard 200 chartida birinchi oʻringa koʻtarilgan yettinchi albomiga aylandi.





