Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Musiqa

IVE «Looks Can Kill» mini-albomi bilan ilk bor Billboard 200 chartiga kirdi

Janubiy koreyalik guruhning yangi relizi AQSh albom chartida 126-oʻrinda debyut qildi.

11-noyabr, 13:53По-русски

Read in English

ㅤ / 6.soompi.io

IVE ilk bor Billboard 200 chartiga kirdi. «Looks Can Kill» mini-albomi 14-noyabrda yakunlangan hafta natijalariga koʻra chartda 126-oʻrinni egalladi.

Bundan tashqari, guruh Emerging Artists chartida yetakchilik qildi va Artist 100 chartiga qaytib, 66-oʻrindan joy oldi. World Albums reytingida reliz ikkinchi, Top Album Sales chartida esa oltinchi oʻrinda debyut qildi va AQShda haftaning eng koʻp sotilgan albomlaridan biriga aylandi.

Mini-albomning bosh qoʻshigʻi — «Looks Can Kill» — mini-albom chiqishidan oldin chiqarilgan boʻlib, Billboard Global Excl. U.S. chartiga ham kirib, 98-oʻrinni egalladi. Bu trekning ushbu chartdagi ikkinchi haftasi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media