Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yulduzlar

Eva Mendes yangi «Yulduzlar jangi» filmida Ryan Goslingga qoʻshiladi

Aktrisa galaktikalararo taverna egasi boʻlgan kichik rolni ijro etadi.

30-oktabr, 13:10По-русски

Read in English

nicolas genin from Paris, France / Wikimedia Commons

Eva Mendes eri Ryan Gosling bilan birga «Yulduzlar jangi: Yulduz qiruvchisi» filmida paydo boʻladi. Knight Edge Media xabariga koʻra, unga olis galaktikadagi taverna sohibasi roli berilgan.

Aktrisaning loyihada ishtirok etishi haqidagi mish-mishlar 2025-yil yozida suratga olish ishlari davom etayotgan paytdayoq paydo boʻlgan. Soʻnggi yillarda Mendes oilasiga bagʻishlanib, kinoda deyarli suratga tushmadi.

Film rejissyori — Shon Levi. Jahon premyerasi 2027-yil 28-mayga rejalashtirilgan.

Avvalroq Mendesning Gosling ishtirokidagi «Arvoh chavandoz» filmida Roksanna Simpson roliga qaytishi mumkinligi muhokama qilingan edi, biroq hozircha buning tasdigʻi yoʻq.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media